Tanalab

8-sinf biologiya › Nafas olish sistemasi

19-mavzu. Nafas olish, nafas olish organlarining tuzilishi

„Odam va uning salomatligi“ — Tanalab 3D darsligi

Nafas olish organlari: burun, halqum, hiqildoq, traxeya, bronxlar va oʻng hamda chap oʻpka. Oʻng oʻpka uch, chap oʻpka ikki boʻlakdan iborat. Bronxlar mayda tarmoqlanib, alveolalar — havo pufakchalari bilan tugaydi. Tinch turgan odam bir minutda 16–18 marta nafas oladi, har safar taxminan 500 ml havo kiradi.

Darsni ochish 3D da koʻrish

Mavzu atamalari

Hiqildoq
Togʻaylardan tuzilgan nafas yoʻli; ovoz shu yerda hosil boʻladi.
Traxeya (kekirdak)
Hiqildoqdan bronxlargacha boradigan halqasimon togʻayli nay.
Bronx
Traxeyaning oʻpkaga kiradigan tarmogʻi.
Oʻpka
Asosiy nafas aʼzosi; oʻngi 3, chapi 2 boʻlakdan iborat.
Alveola
Oʻpkadagi mayda havo pufakchasi; gazlar shu yerda almashinadi.
Plevra
Oʻpkani qoplab turgan parda.

Shu mavzudagi 3D darslar