Tanalab

8-sinf biologiya › Nafas olish sistemasi

22-mavzu. Sunʼiy nafas oldirish

„Odam va uning salomatligi“ — Tanalab 3D darsligi

Nafas toʻxtaganda sunʼiy nafas oldiriladi: „ogʻizdan ogʻizga“ yoki „ogʻizdan burunga“ usulida. Bemor tekis joyga chalqancha yotqiziladi, ogʻiz va burun tozalanadi, bosh orqaga egiladi va bemorning ogʻziga (burni berkitilgan holda) havo puflanadi. Shu bilan birga darhol tez yordam (103) chaqiriladi.

Darsni ochish 3D da koʻrish

Mavzu atamalari

Sunʼiy nafas
Nafas toʻxtaganda bemorga „ogʻizdan ogʻizga“ havo puflash.
Yurak massaji
Toʻsh suyagi ustidan ritmik bosib, qon aylanishini tiklashga urinish.
Tez yordam
Shoshilinch tibbiy yordam xizmati; raqami — 103.

Shu mavzudagi 3D darslar